Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi.
Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.
Toshkent shahri kengashi deputatlari gul ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 5 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot birlashmalari rahbarlari har olti oyda mahalliy kengashlarda, markaziy va oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari esa mahallalarda hisobot berib boradi.
Poytaxt kengashi mahalliy budjetdan 360 mlrd so‘mdan ortiq pulni taqsimlash qarorini qabul qildi. Mablag‘ kam ta’minlangan oilalarga ipotekalarni moliyalashtirish, Nukusda avariyaviy uylarni ta’mirlash, idora va mansabdorlarning noqonuniy harakatlari ortidan yetgan zararni qoplash kabi maqsadlarga sarflanadi.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.
2024 yildan Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanishi mumkin. Konstitutsiya loyihasida ularning deputat va senator etib saylanishi taqiqlanmagan. Anchadan beri muhokama qilinayotgan hokimlarni saylash amaliyoti esa loyihada aks etmagan.
Toshkent kengashi raisi o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev kengash sobiq hokimga murojaat e’lon qilmaganini bildirdi. Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirilgan murojaatnoma kengashning Telegram kanalida e’lon qilinib, keyinroq o‘chirib tashlangan edi.
Senat «Gazeta.uz» ning hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi maqomini bekor qilishga oid hujjat 2,5 yil oldin tayyorlangani, biroq qabul qilinmagani haqidagi maqolasi yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «quyi palatada muhokama qilinmagan qonun loyihasi Senatda ham ko‘rib chiqilmagan». «Mahalliy kengashlar mustaqil organ. Senat faqatgina ularning faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi, uslubiy yordam ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, deputatlar ushbu o‘zgarishlarni uzoq yillar orzu qilishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting